Biroq, rossiyaliklar "zarbaning maksimal kuçini qaysi yönalişdan kutişni bilmayaptilar va şuning uçun ular öz sa’y-harakatlarini Zaporijjya hamda Xerson yönalişlarida yoyişmoqda", - deb ma’lum qildi Ukrainaning "Janub" operativ qömondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk umummilliy telemarafon efirida.

Ukraina armiyasining bir qismi, NATO mamlakatlarida öqitilgan yangi bölinmalari hujumga “tayyor”, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. 

Biroq, armiyaga hali ham “bir narsa”, jumladan, “partiyalar bilan kelayotgan” zirhli maşinalar talab etiladi.

"Bizda mavjud bölgan narsalar bilan oldinga siljişimiz mumkin, mening fikrimça, muvaffaqiyatga erişamiz, - dedi u Britaniya naşrlariga bergan intervyusida. - Ammo biz köp odamlarni yöqotamiz. Menimça, bu qabul qilib bölmaydigan narsa. Şuning uçun biz kutişimiz kerak. Bizga hali yana biroz vaqt talab etiladi".