«Tovarlarni yetkazib beriş xizmatlarini yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Unda xizmat körsatiş sohasi, xususan, umumiy ovqatlaniş va tovarlarni yetkazib beriş faoliyati bilan şuğullanuvçi korxonalar faoliyati rivojlanişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş közda tutilgan.
Jumladan, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, iş hajmi 50 sm3 dan oşmaydigan içki yonuv dvigateliga ega bölgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bölgan elektr dvigatelli ikki yoki uç ğildirakli transport vositalari, şu jumladan, xuddi şunday tavsiflarga ega bölgan moped, kvadrisikl (kvadrosikl), trisikl, skuter hamda yölning qatnov qismida harakatlanişga moslaştirilgan boşqa mexanik moslamalarni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi bölişi şartligi töğrisidagi talab 2024 yil 1 yanvarga qadar töxtatib turiladigan böldi.
Bunda, uşbu transport vositalarida harakatlanayotgan şaxslar motoşlem kiyişi va uni qadab olişi zarurligi belgilab qöyildi.
«Dunyodan ortda qolayotgan Özbekiston IIV». Poytaxt köçalarida moped va skuterlarga «ov» boşlandi












