Qarşi hujum boşlandimi: Baxmut va Soledar atrofida nimalar bölmoqda?
|03:26 / 13.05.202343 49811 min
Rossiyadagilar ikkinçi kundirki ukrainlar qarşi hujumi boşlanganini aytişmoqda. Çindan ham şundaymi? Amalda frontda nimalar bölmoqda? Moskva, Kiyev va harbiy muxbirlarning versiyalari.
Rossiya mudofaa vazirligi juma kuni Ukraina Donetsk oblastida hujumga ötganini tasdiqladi, bir kun oldin esa harbiy muxbirlarning ukrain kuçlari Baxmut va Soledar yönalişida ilgarilayotgani haqidagi xabarlarini uydirma deb atagandi. Ukraina prezidenti duşmanni «ayrim yönalişlarda ortga itqitib taşlaşga muvaffaq bölingani» haqida aytdi.
«Mudofaa barqarorligini oşiriş maqsadida»
Payşanba kuni keçqurun rossiyalik harbiy muxbirlar öz telegram-kanallarida frontning bir qança uçastkalarida Ukrainaning ançadan buyon kutilayotgan qarşi hujumi boşlangani haqida aytib vahima kötarişdi. Bu haqda birinçi navbatda «Vagner» XHK va uning asosçisi Yevgeniy Prigojinga aloqador kanallar xabar tarqatdi.
Prigojinning özi esa kun avvalida birinçi bölib tölqin kötarib bergan, «qarşi hujum qizğin pallada» ekani va Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari Baxmut atrofida «qanotlarga ötayotgani», Rossiya armiyasining qanotlarni yopişga mas’ul bölgan qismlari egallangan hududlarni «amalda jangsiz» tark etayotganini aytgandi.
Prigojinga yaqin bölgan «voyenkor» Aleksandr Simonovning aniqlik kiritişiça, Ukraina qurolli kuçlarining Baxmutdan 5 kilometr şimoli-ğarbdagi Bogdanovka qişloği hududidagi hujumi muvaffaqiyatli çiqqan, bu yerda 9-motoöqçilar polki «yana bir neça kvadrat kilometr hududni boy bergan».
Bogdanovka Baxmut mudofaaçilari uçun katta ahamiyatga ega. U Çasiv Yardan keluvçi trassa böyida joylaşgan - sönggi haftalarda vagnerçilar uşbu yöl yoqasiga yetib kelgan va Ukraina armiyasi Baxmutdagi garnizon ta’minotini asosiy yöl orqali olib bora olmay qolgandi.
Rossiya mudofaa vazirligi amalda uşbu uçastkadan çekinilganini tan oldi. Bogdanovkadan şimoli-şarqda Berxovka suv ombori joylaşgan. Rossiya harbiy idorasi bayonotiga köra, Rossiyaning «Janubiy» guruhi bölinmalari «mudofaa barqarorligini oşiriş maqsadida» «Berxovka suv omborining qulay şaroitlarini hisobga olgan holda» yangi çiziqni egallagan.
Bu tan oliş Rossiya mudofaa vazirligi press-relizida matn içiga yaşirilgandi, asosiy urğu esa rossiyalik harbiylar Ukraina armiyasining front çiziğining turli uçastkalaridagi boşqa barça hujumlarini qaytarganiga qaratilgandi.
Şu bilan birga, Rossiya mudofaa vazirligi birinçi marta Soledar şahri yönalişida öz pozitsiyalariga yirik qarşi hujum uyuştirilganini tan oldi. Unda ta’kidlanişiça, payşanba kuni duşman «tomonlarning uzunligi 95 kilometrdan ortiq bölgan butun tutaşuv çiziği böylab» hujum operatsiyalarini amalga oşirgan.
Mavzuga oid
«Ukraina qurolli kuçlari 26 bor hujum uyuştirdi, unda mingdan ortiq harbiy xizmatçi, 40 tagaça tanklar, şuningdek boşqa harbiy va maxsus texnikalar iştirok etdi», - deyilgan press-relizda.
Prigojin esa mudofaa vazirligining Berxovka suv ombori atrofidagi nisbatan qulay çiziqlarga ötilgani haqidagi bayonotiga zudlik bilan reaksiya bildirdi: «Afsuski, bu qayta guruhlaniş emas, qoçiş edi».
RF mudofaa vazirligiga aloqador bölgan kanal Rybar telegram-kanali rossiyalik harbiylar Bogdanovka — Berxovka yönalişida çekinganini tasdiqladi.
«Ulkan sa’y-harakatlar bilan duşman töxtatildi va hatto ortga uloqtirildi»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy juma kuni Baxmut atrofidagi qarşi hujumning bevosita tasdiği deb ham hisoblaş mumkin bölgan bayonot berdi.
«General Sirskiyning hisobotini tingladik, uning bölinmalari ulkan sa’y-harakatlar bilan duşmanni töxtatişgan va hatto ayrim yönalişlarda ularni ortga uloqtirgan», - degan Zelenskiy.
Oleksandr Sirskiy - Ukraina QK quruqlik qöşinlari qömondoni, u ötgan yil yozidan buyon şiddatli janglar keçayotgan Baxmutga tez-tez taşrif buyurib turadi.
Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar esa juma kuni Baxmut atrofida ukrain harbiylari bir hafta içida 2 kilometrga oldinga yurgani haqida aytdi (u bu ilgarilaş aynan qaysi hududda bölganiga aniqlik kiritmagan).
Payşanba kuni Zelenskiy xorijiy naşrlarga bergan intervyusida Ukraina hali qarşi hujumga tayyor emasligini aytgandi. «Biz özimizda bor vositalar bilan hujumga ötişimiz ham mumkin, ammo bu holda yöqotişlar köproq böladi. Bunga esa yöl qöyib bölmaydi. Şuning uçun yana biroz kutiş kerak. Bizga yana biroz vaqt kerak», degandi u.
Prigojin esa «Vladimir Aleksandroviç Zelenskiy aldayotgani - amalda qarşi hujum avjida» ekanini aytgandi.
Baxmutda aprel oyida dron orqali olingan kadr. Foto: Reuters
Harbiy muxbirlar nimalar yozişdi?
11 may kuni keçqurun Rossiya bosqinini qöllaydigan köplab telegram-kanallarda ukrain harbiylari bir neça oydan buyon kutilayotgan qarşi hujumni boşlaşgani haqida yoza boşlaşdi.
«Voyenkor» Yevgeniy Poddubniy 11 may kuni keçqurun ukrain harbiylari Baxmut yönalişida Rossiya kuçlarini «qurşab oliş böyiça operatsiyani amalga oşirişni boşlagani», şuningdek, Baxmutdan şimoldagi Soledar şahri atrofida rossiyaliklar mudofaasi yorib ötilgani haqida yozdi. «Duşmanning qarşi hujumi boşlandi, deb hisoblaymiz», — deya xulosa qildi u. Boşqa bir propagandaçi, «voyenkor» Semen Pegov ham uning fikriga qöşilib, Ukraina qurolli kuçlari Horlivka yönalişida ham hujumga ötganini xabar qildi.
Şuningdek, Poddubniy Xarkiv atrofida «kun böyi Ukraina qurolli kuçlari harbiy texnikalari kolonnalari Belgorod oblasti bilan çegara tomon harakatlangani» haqida xabar berdi. «Voyenkor» Aleksandr Kots ham öz telegram-kanalida şunday ma’lumotni bölişdi.
RT telekanali muxbiri esa Xerson oblastida Dniproning öng sohilida katerlar töplanayotgani haqida xabar qildi va şunday taxminni bildirdi: «Aftidan, desant operatsiyasiga tayyorgarlik körilmoqda».
Bu bayonotlar va ularning juz’iy özgarişlar kiritilgan variantlari boşqa harbiy kanallarda qayta tarqatildi va bir neça soat içida telegramning z-segmentida vahima uyğotdi. Bunga javoban RF mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berib, «ayrim telegram-kanallarda harbiy tutaşuv çiziğining turli uçastkalarida „mudofaa yorib ötilgani“ töğrisida tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmasligi»ni bildirdi.
Köp ötmay harbiy muxbirlar ham öz xabarlari ohangini keskin yumşatişdi va hatto «vahimaga tuşmaslik»ka çaqira boşlaşdi. Pegov «hujum bugun ham, keça ham boşlanmagani»ni yozib, Ukraina qurolli kuçlari har kungi rejimda «zaif nuqtalarga zarba berişga urinayotgani»ni qayd etdi. Poddubniy vaziyatni «katta reja doirasidagi lokal janglar olib boriş» deb ta’rifladi va uning oldingi xabarlari «vahima uyğotiş uçun asos bölmagani»ni ta’kidladi.
Ammo keyingi kun, 12 may kuni RF mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Baxmut atrofida hujumga ötişga uringanini tasdiqladi va bu urinişlar göyoki töxtatilganini ma’lum qildi. Xususan, Poddubniyning Soledarga hujum haqidagi xabari ham öz tasdiğini topdi.
«Ukraina kuçlari, katta ehtimol bilan, Baxmut atrofidagi lokal qarşi hujumlar davomida rossiyaliklarning ayrim çegara çiziqlarini buzib ötgan va bu «Vagner» va Rossiya mudofaa vazirligining javob çoralarini körişiga sabab bölgan. Prigojinning va mudofaa vazirligining bayonotlari Rossiya axborot maydonida Ukrainaning kutilayotgan qarşi hujumi böyiça vahima kuçayib borayotganini aks ettiradi, şuningdek Kremlning Ukraina muvaffaqiyatlari kölamini kamaytirmaslikka qaror qilganidan darak beradi», deyiladi Amerika uruşlarni örganiş instituti (ISW)ning har kungi hisobotida.
Juma kuni Prigojin Rossiya harbiy rahbariyatini yana bir bor masxara qildi va mudofaa vaziri Sergey Şoyguni Baxmutga kelişga taklif qildi.
Frontda amalda nimalar bölmoqda?
Ukrainalik askar Baxmut atrofidagi front çiziğida granatomyotdan öt oçmoqda (foto 3 may kuni olingan)
Foto: Reuters
Ukraina QK çindan ham sönggi oylarda birinçi marta nisbatan yirik qarşi hujum uyuştirdi, ammo hozirça faqat bir yönalişda — Baxmut hududida. Bu vagnerçilar hujum qilayotgan şahar janubida bir qança lokal qarşi hujumlar bilan boşlandi.
Avvaliga Ukraina QK 3-alohida tank brigadasi 9-10 may kunlarida RF qurolli kuçlarining 2022 yilda «köngillilar» hisobiga qaytadan tuzilgan 72-motoöqçilar brigadasi bölinmalarini Şimoliy Don — Donbass kanali böyidagi platsdarmdan siqib çiqardi. «Köngillilar» aprel oyida bu uçastkada «Vagner» XHK jangçilarining örnini egallagandi — yollanma jangçilar esa Baxmutning özini şturm qilayotgan otryadlarga yordam beriş uçun jönatilgandi.
Keyin esa, Yevgeniy Prigojinga yaqin hisoblangan «voyenkor» Aleksandr Simonovning xabar berişiça, RF QK 4-brigadasi (anneksiya qilingan «LXR»dagi «militsiya qöşini»dan bölgan sobiq brigada) qismlari Baxmutdan şimoli-ğarbda ukrainlar hujumiga uçragan. Bu brigada ham uşbu hududga aprel oyi oxiri yoki may oyi boşida Baxmutdagi ukrain garnizonini asosiy yer bilan boğlovçi «hayot yöli»ni kesib qöyişga urinayotgan «Vagner» XHK jangçilarini almaştiriş uçun olib kelingandi. Simonovning ta’kidlaşiça, Ukraina qurolli kuçlarining bu hujumlari — Baxmutdagi «Vagner» otryadlarini qurşovga olişga urinişdan boşqa narsa emas.
Şunga qaramay, zarbalar yönalişiga köra, hozirça faqat Ukraina qömondonligi şaharning ğarbiy çekkalarida yarim qurşov holatida jang qilayotgan kuçlarni qutqarişga harakat qilayotgani haqida gapiriş mumkin. RF mudofaa vazirligi bilvosita Ukraina hujumi muvaffaqiyatli bölganini tasdiqladi.
Ukraina QK qömondonligining rejasi hozirça ayon emas. Ğarblik ekspertlar fikriça, Baxmut atrofidagi hujumlar kattaroq hujumning boşlanişi (yoki unga tayyorgarlik tadbirlari) bölişi mumkin. Ukraina qömondonligi Rossiya armiyasini Baxmut atrofiga qöşimça kuçlar yuborişga majbur qilmoqçi bölişi ham mumkin — bu zaxiralar Ukraina qurolli kuçlarining boşqa yönalişlardagi bölajak hujumini qaytarişda iştirok etmasligini ta’minlaş uçun. Ammo ukrain armiyasi şunçaki hamon Baxmutni qiyinçilik bilan uşlab turgan qöşinlar holatini yengillaştirişga harakat qilayotgan bölişi mumkinligini ham istisno etib bölmaydi.