Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida «Jiguli» maşinasi portlab ketgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 13 may kuni tunda sodir bölgan.
Çiroqçi tumani "Çoştepa" MFY Sayid obod köçasida «Jiguli» maşinasi yonayotgani haqida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga 1 ta yonğin qutqaruv ekipaji yetib borib olovni öçirgan. Biroq ungaça maşina yonib bölgan va undagi gaz balloni portlagan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.












