Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 14 may, yakşanba kuni Twitter’da e’lon qilingan kundalik xulosasida aytilişiça, Ukraina hududiga bostirib kiriş boşlanganidan beri Ukrainadagi Rossiya armiyasining soni deyarli özgarmadi, biroq uning sifati sezilarli darajada pasaydi.

Xabarda aytilişiça, Ukrainadagi Rossiya qöşinlari guruhi hozirda 200 mingdan ortiq harbiy xizmatçiga ega. Ular beşta qöşin guruhi tarkibida 70 ga yaqin polk va brigadalarga birlaştirilgan. Ammo ötgan yilning fevral oyida Rossiya armiyasi professional askarlardan iborat bölib, asosan zamonaviy texnika bilan jihozlangan va murakkab qöşma operatsiyalarga tayyorgarlik köriş uçun muntazam ravişda maşğulotlardan ötgandi.

Endi Rossiya qöşinlari asosan yomon öqitilgan, safarbar qilingan zaxiradagilardan iborat bölib, ular tobora eskirgan uskunalarga ötkazilib, köplab bölinmalar juda kam quvvatga ega va odatda faqat eng oddiy piyoda operatsiyalarini bajaradilar.

Şu tariqa, Britaniya harbiylarining fikriga köra, Rossiya 1200 kilometrlik front çiziği böylab paydo böladigan operativ muammolarga javob beriş uçun katta, qobiliyatli, mobil zaxirani yaratişi dargumon.