Tarmoqlarda Toşkent viloyati Olmaliq şahridagi maktabning 2 nafar öquvçi qizlarini avtomaşina urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi.
Ma’lum bölişiça, holat 15 may kuni ertalab sodir bölgan. Uşbu tumanda 19 yoşli S.X. “Damas” avtomaşinasida “Tinçlik” köçasidagi çorrahadan yölni kesib ötayotgan 14 yoşli 2 nafar maktab öquvçilarini urib yuborgan. YTHga Damas haydovçisining svetoforning qizil çiroğida harakatlanişi sabab bölgan.
Toşkent viloyati IIBB YHXBning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, öquvçi qizlardan birining ahvoli oğir: boş miya yopiq jarohatini olgan, hozir reanimatsiyada. Yana biri esa yengil jarohat olgan, ahvoli yaxşi. Ikkalasi ham Olmaliq şahar markaziy şifoxonasiga olib kelingan.
Hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan, şuningdek, Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
Işni nazoratga olgan Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, ayni vaqtda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.












