Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi Star Med xususiy klinikasining litsenziyasini bekor qiliş böyiça SSV tomonidan kiritilgan da’vo arizasini körib çiqişni boşladi. Sud işida javobgar tomon advokati Farhod Mannopovning ölimiga jarrohlik amaliyoti sabab bölmaganini bildirgan.

Mittivine yumoristik loyihasi asosçisi Farhod Mannopov vafot etgan xususiy klinikani litsenziyasidan mahrum qiliş böyiça SSV tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi. 15 may kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur iş yuzasidan ilk sud majlisi ötkazildi.

Sudda iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, dastlab sud muhokamasida tomonlar eşitilgan. Xususan, javobgar “OMAD PLYUS” MÇJ tomoni da’vo arizasida keltirilgan ayrim ma’lumotlar yuzasidan e’tirozlarini bildirgan.

Da’vo arizasida xususiy klinika tomonidan malakaviy toifasi bölmasa ham plastik jarroh şifokori E.A.ning bemorga tibbiy xizmat körsatişiga yöl qöyilganligi aytiladi. Unga köra statsionar turdagi nodavlat tibbiyot taşkilotining operatsiya bölimida bemor Farhod Mannopovga tibbiy xizmat körsatganligi uçun unda kamida birinçi malakaviy toifaning mavjud bölişi talab etiladi.

“OMAD PLYUS” MÇJ advokati S.Akramov esa javobgar e’tiroznomasida plastik jarroh şifokori E.A. marhum Farhod Mannopovning operatsiya jarayonida LOR vraç assistenti sifatida iştirok etganligini bildirmoqda. Xususiy klinika advokati asosiy jarroh oliy malaka toifasiga ega X.A bölgani, bunday holatda assistentdan malaka toifasi talab etilmasligini ma’lum qildi.

Şuningdek javobgar tomon advokati S.Akramov sudya va arizaçidan mazkur sud işini Farhod Mannopovning ölimi bilan boğliq qözğatilgan jinoyat işi körib çiqulgunga qadar töxtatib turişni söragan. Sudya advokatning mazkur iltimosini rad etgan. 

“Özbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksining 101-moddasi 1-bandiga asosan mazkur iş jinoyat işi hal bölgunga qadar töxtatib turilsa ayni muddao bölardi deb öylayman. Çunki jinoyat işi doirasida ekspertiza tayinlangan. Dastlabki olingan ekspertiza xulosasiga köra, bizga ma’lum bölişiça, aynan Mannopovning ölim holati unga nisbatan ötkazilgan jarrohlik amaliyoti natijasida kelib çiqmagan. Tergov bölimlarida şunday ekspertiza xulosasi mavjud”, – degan advokat sud majlisida.