«Mittivine» taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopovning ölimi bilan boğliq sud jarayoni OAV orqali yoritilmaydi. Qayd qilinişiça, bu haqdagi iltimosnoma Farhod Mannopovning advokati tomonidan sudga berilgan, marhumning onasi ham advokat taklifini qöllab-quvvatlagan. Ayblanuvçilar va ularning himoyaçilari esa OAV yoritişi yoki yoritmasligi masalasini hal qilişni sudga havola qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sud mazkur macala oçiq sud majlisida körilişini inobatga olib, OAV xodimlari sud jarayonlarida qatnaşişi mumkinligi, sud hukmi öqilib, hukm qonuniy kuçga kirguniga qadar jarayon OAV orqali yoritilmasligi haqida ajrim qilgan.  

Eslatib ötamiz, 2023 yil 5 mart kuni «Mittivine» taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoşida vafot etdi. U basseynda suzayotgan vaqtida boşi va burnidan jarohat olgan. Şu sabab, burnini operatsiya qildiriş maqsadida Toşkentdagi «Star med center» xususiy klinikasiga murojaat qilgan. Bloger operatsiya jarayonida koma holatiga tuşib qolib, öziga kelmagan.

Boş prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan edi.

Keyinçalik, jinoyat işi doirasida 2 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldiriş) bilan ayblov e’lon qilingan edi.