Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidan böldi. Murojaatda yozilişiça, joriy yil 25 aprel kuni tumanning «Çorgöşa» MFYda yaşovçi Xosiyat Muhammadiyevaning xonadonida gazballon portlagan.
Oqibatda, oşxona sifatida foydalanib kelingan bino şikastlangan. Şuningdek, ayolning qöşnisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Murojaatçilar hodisa sodir bölişiga nosoz gazballoni sabab bölganini aytişmoqda. 25 aprel kuni tuman gaz idorasi xodimlari mahallada gazballoni tarqatgan va X.Muhammadiyevaga gaz sizib çiqib turgan balloni berib ketişgan. Oşxonaga olib kirib qöyilgan gazballonidan gaz sizib çiqqan va oqibatda portlaş sodir bölgan.

«Öşa kuni gazballonlarini tarqatgan tuman gaz idorasi xodimlari X.Muhammadiyevaga gazballonni bergan va tezda ketib qolgan. Murojaat qilinganiga qaramasdan na mahalla, na tuman gaz idorasi ayolga amaliy yordam bergan», deyiladi murojaatda.
Sönggi paytlarda aynan nosoz gazballonlari bilan boğliq murojaatlar köpaydi. Murojaatlarning aksariyatida aholiga tarqatiş uçun olib borilayotgan gazballonlarning bir qismi nosozligi va ulardan gaz sizib çiqişi, biroq gaz idorasi xodimlari holatni bila turib ularni odamlarga berib ketayotgani aytiladi.
Paxtaçida sodir bölgan hodisani va nosoz gazballonlarni tarqatiş bilan boğliq muammoni tegişli taşkilotlar öz nazoratiga olişini kutib qolamiz.












