17 may, çorşanba kuni Business Insider Gelenjik yaqinidagi “Putin saroyi” deb ataluvçi inşoot sxema va çizmalarini e’lon qildi, u bino ostida mustahkamlangan xonalar borligini körsatadi. Jurnalistlarning sözlariga köra, hujjatlar kamida 2016 yildan beri internetda mavjud. Ular bajarilgan işlar namunasi sifatida “Metrostil” loyiha kompaniyasi saytida joylaştirilgan. Ularda obekt pansionat deb ataladi.

Çizmalar şuni körsatadiki, saroy ostida yerusti qismidan taşqari yerosti qavatlari ham işlab çiqilgan bölib, u yerda mustahkamlangan xonalar va tunnellar joylaşgan. Binodan lift taxminan 50 metr çuqurlikka tuşadi. Yerosti qismida ventilyatsiya, elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aloqa kabellari mavjud.

Kengligi 6 metr, uzunligi 40 va 60 metr bölgan ikkita alohida tunnel 40 santimetrlik beton qatlami bilan öralgan va mutaxassislarning fikriça, töğridan töğri bomba urişiga bardoş bera oladi. Yuqori tunnel qumtepaning yonbağiriga, pastki, uzunroği esa töğridan töğri Qora dengiz sohiliga olib boradi. U travolator (zinapoyasiz harakatlanuvçi yölak) bilan jihozlangan. Pastki çiqişga asfalt yöl tutaşadi.

"Bu tunnellarda xavfsizlik uçun hamma narsa bor. Yonğin öçiriş tizimi, suv, kanalizatsiya. Ular omon qoliş yoki qoçişni istaganlar uçun möljallangan", - deb izoh berdi quriliş muhandisi Tadeuş Gabrişevskiy çizmalarga.