Qora dengiz sohilida joylaşgan Gelenjik körfazi suvlariga kiriş yaqinida kutilmaganda GPS-signallarni tösib qöyiş boşlandi.

MarineTraffic sayti ma’lumotlariga köra, bir neçta kema körfaz kiriş joyida aylana böylab harakatlanişga tuşgan. Taxlilçilarning yozişiça, kemalarning kutilmaganda bunday harakatlanişi uşbu hududda GPS-signallarni tösuvçi tizim işga tuşirilganini anglatadi. 

Navigatsiya xaritalarini örgangan The Inseder yuqoridagi taxminlarni tasdiqladi. 133-sonli buy (suvda sayozlikni körsatuvçi belgi) kanallarni kovlaş jarayonida olingan tuproqlar taşlangan joyni körsatadi. Uning çuqurlikni körsatişdan boşqa funksiyasi yöq, ammo undan signallarni tösişga yordam beradigan qurilmalarni örnatişda foydalanilgan bölişi mumkin. 

Joriy yilning yozida Gelenjik sohilida elita qatlam uçun «Gelenjik Marina» kurort majmuasini quriş boşlangan edi. Majmua qurlişi yakunlangaç uning içidan boğ va 300 ta yaxtaga möljallangan dengiz manzarasi örin oladi. Kurort zonadagi boğning maydoni 3,7 gektarga yetadi, şuningdek, majmuada 400 tomoşabinga möljallangan suv tomoşalari teatri, 600 kişilik mehmonxona, bolalar uçun köngiloçar markazi joylaşadi. Loyihani uç yil içida yakunlaş rejalaştirilgan va u uşbu mintaqada sönggi yillarda qurilgan eng yirik kurort obektga aylanişi kutilmoqda.

«Gelenjik Marina» majmuasi «Putin saroyi»dan 30 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi 2021 yilda uşbu qarorgohning qiymatini 100 milliard rublga baholagan edi. Majmua qurilişi Oleg Deripaska bilan boğliq tuzilmalarga tegişli kompaniyalar tomonidan amalga oşirilmoqda. Tadbirkor infratuzilma loyihalariga yirik sarmoya kiritişi, şuningdek, mamlakat rahbariyatiga yaqinligi bilan tanilgan.