Gelenjik yaqinida Ukraina uçuvçisiz uçoğining qulaşi natijasida boşlangan katta örmon yonğini öçirildi. Bu haqda Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev özining Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi. Viloyat rahbarining sözlariga köra, tört kun davomida yonğin bilan 500 dan ortiq kişi kuraşgan, şuningdek, 100 ta texnika, jumladan, Il-76 va ikkita Mi-8 vertolyoti jalb qilingan.
Krinitsa qişloği yaqinida sodir bölgan yonğin 42 gektar maydonni qamrab olgan. Idokopas buruni Krinitsadan atigi 10 kilometr uzoqlikda joylaşgan bölib, Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK) suriştiruviga köra, u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «saroyi» joylaşgan.
Ikki soatlik FBK suriştiruv filmida «Putin saroyi» qurilişiga kamida 100 milliard rubl sarflangani aytilgan. Jamğarma ma’lumotlariga köra, 17 691 kvadrat metr maydonga ega bino Rossiyadagi eng yirik xususiy turar joy binosi hisoblanadi. Yon atrofdagi hududda muz saroyi, çerkov, oranjyereya, çoy uyi va dengizga qaragan tunnel mavjud. Asosiy bino ustida parvozlar taqiqlangan hudud taşkil etilgan va uning yonidan dengizga tuşiş taqiqlangan, deya xabar beradi FBK.

















