Uning ma’lumotlariga köra, temiryölning portlatib yuborilişi Baxçisaroy yaqinida sodir etilgan diversiya hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan tayinlangan Qrim «hokimiyati» Sevastopol va Simferopol örtasidagi temiryöl aloqasi töxtatilgani haqida xabar berdi.
«Krymskaya jyeleznaya doroga» federal davlat unitar korxonasi hodisaga «tegişli ruxsatga ega bölmagan şaxslarning temiryöl transporti işiga aralaşişi» sabab bölganini ma’lum qildi.
May oyi boşlarida Rossiyada infratuzilma obektlarida portlaşlar sezilarli darajada köpaygandi - beş kun içida ikkita neft baza hujumga uçradi, Bryansk oblastida ikkita poyezd temiryöllardagi portlaşlar tufayli izdan çiqib ketdi. Kreml prezidentning Kremldagi qarorgohiga dronlar orqali hujum qilişga uriniş bölganini ma’lum qildi.













