20 may kuni Argentinada 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida jahon çempionati start oldi. Odatda aynan şunday turnirlarda özini körsatgan yoş futbolçilar keyinroq top klublarda paydo bölişadi. Quyida uşbu turnir kaşfiyoti bölişi kutilayotgan futbolçilar sanab ötiladi.

Federiko Redondo — 20 yoş, Argentina

Fedening familiyasi tasodifiy emas — u «Milan» va «Real» klublari afsonasi Fernandoning öğli hisoblanadi. Katta Redondo uç bor Çempionlar ligasida ğolib çiqqan, öğli ham şunday natijalarga erişişni istaydi:

«Men hamişa «Real»ning fanati bölganman. Qaçondir öşa yerda öynaşni orzu qilaman», degan Argentina yoşlar jamoasi yarimhimoyaçisi.

Federiko tayanç yarimhimoyaçisi pozitsiyasi vakili bölib, joriy mavsumdan barqaror öyin amaliyotiga ega bölmoqda — ayni vaqtda «Argentinos Xuniors» klubi a’zosi. U debyut golini bir oy oldin urgandi. Asosiy fazilatlari — tirişqoqlik, texnika va jismoniy holat — Redondoning körsatkiçlari juda yaxşi.

Ayni vaqtda Argentina U-20 jamoasiga ustozlik qilayotgan Maskerano turnirning oçiliş öyinida (Özbekiston U-20 jamoasiga qarşi 2:1) Redondoni ikkinçi bölimda zaxiradan tuşirdi.

Federiko Redondo. Foto: MIGUEL SCHINCARIOL/GETTY IMAGES

Maksimo Perrone — 20 yoş, Argentina

Bu yigit — mezbonlar yarimhimoyasi yetakçisi. Ayniqsa, Niko Pas yöqligida — «Real» bu iste’dodli futbolçisini jahon çempionatiga qöyib yubormadi (Garnaçoga ruxsat bermagan «MYu» kabi). Maksimo Argentina çempionatida porlagan, bir mavsumning özida istiqbolli ösmirdan «Veles Sarsfild» klubi yetakçisiga aylangan — va qişda 8 mln yevro evaziga «Mançester Siti» safiga kelib qöşilgan. Karlos Tevesning muxlisi sifatida 32-raqamli futbolkani öziniki qilgan.

Perrone xuddi Redondo kabi tayanç yarimhimoyaçisi va bu ikki iste’dodli futbolçi boşlanğiç tarkib uçun raqobat qiladi (birinçi öyinda Redondo aynan Perrone örniga tuşirildi). Federiko raqib hujumlarini buzişda yaxşi va raqibni aldab ötişni yoqtiradi, Maksimo esa töpni uşlaşda yaxşi va uzatmalarda deyarli xatoga yöl qöymaydi, barçadan köproq mehnat qiladi va barçadan köproq yuguradi.