Toşkent şahrida mazkur loyihaning rasmiy boşlanişiga bağişlangan anjuman ötkazildi. Loyihada iştirok etgan 17 ta davlatning qonun çiqaruvçi organi orasida Oliy Majlis Markaziy Osiyo mintaqasi va butun MDH makonidagi mamlakatlardan yagona parlamentga aylangan.

Anjumanda Senat raisi Tanzila Norboyeva Oliy Majlisning Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar parlamentlari bilan aloqalar konstruktiv ruhda rivojlanib borayotgani, munosabatlarni amaliy loyihalar bilan boyitiş muhim ahamiyatga ega ekanini bildirgan.

“Özbekiston Yevropa Ittifoqini asosiy xalqaro hamkor deb biladi. Biz parlament diplomatiyasi sohasidagi sa’y-harakatlarni izçil amalga oşiriş böyiça hamkorlikni davom ettirişga tayyormiz. Anjuman yakunlari böyiça parlament salohiyatini yanada rivojlantiriş va rolini kuçaytiriş böyiça foydali tavsiyalar işlab çiqiladi, şuningdek, ilğor amaliyotlar va tajriba almaşiş imkoniyatiga ega bölamiz”, — deya ta’kidlagan Senat Raisi.

Öz navbatida, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari Şarlotta Adrian “Inter Pares” loyihasining Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan yagona hamkor sifatida Özbekiston parlamenti bilan amalga oşirilayotganiga töxtalib, keyingi yillarda mamlakatda inson huquqlarini ta’minlaş, majburiy mehnatga barham beriş va boşqa yönalişlardagi islohotlar va ularning natijalari bilan izohlanişini aytgan.

Sessiyalarga bölingan holda öz işini davom ettirgan anjumanda hamkor mamlakatlar parlamentlari tajribasi ham örganilgan. Tadbirning ikkinçi kunida esa iştirokçilar mahalliy budjet ijrosini nazorat qiliş, “elektron parlament” tizimini joriy etiş, gender tenglikni ta’minlaş, yoşlar bilan işlaş kabi mavzularda özaro fikr almaşganlar.