Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga köra, taşqi siyosat idoralari rahbarlari Rossiya va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik, ittifoqçilik va köp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş bilan boğliq barça masalalarni, jumladan, uning siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-humanitar komponentlarni muhokama qildi.
Tomonlar, şuningdek, bölajak oliy va yuqori darajadagi davlatlararo aloqalar jadvalini ham tasdiqladilar.
«Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilar ekan, Lavrov Ukrainadagi mavjud vaziyat va maxsus harbiy operatsiyaning borişini Rossiya tomonidan baholadi», — deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, Afğonistondagi vaziyat, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar atrofliça körib çiqildi. BMT va YeXHT platformasida mavjud xalqaro vaziyatga boğliq bölmasligi kerak bölgan özaro hamkorlik muhimligi qayd etildi.














