Aeroportda mehmon şarafiga ikki davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Singapur prezidenti va uning turmuş örtoğini Özbekiston boş vaziri örinbosari Zulayho Mahkamova, taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Umurzoqov kutib oldi.

Taşrif “Yangi Özbekiston” boğidan boşlandi. Singapur delegatsiyasi Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uçraşdi.




Asosiy siyosiy tadbirlar ertaga bölib ötadi. Halima Yoqub 25 maygaça Özbekistonda bölib, Samarqandga ham borişi reja qilingan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yanvar oyida Singapurga davlat taşrifi bilan borgan, öşanda bu mamlakat prezidentini Özbekistonga taklif qilgandi.
Wikipedia'da yozilişiça, Singapur prezidenti, boş vaziri va rasmiy şaxslari odatda safarlar uçun doimiy yölovçi reyslarga çiqişadi. Ular asosan milliy Singapore Airlines aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi, yönalişga qarab boşqa taşuvçilarning muntazam reyslarida ham uçişadi.












