Boş prokuratura tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar natijasida Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylaşgan 5 ta arxeologiya yodgorlikka turli sabablarga köra 291,4 mlrd sömlik jiddiy şikast yetkazilgani aniqlandi. 

Xususan, noqonuniy qaziş va buziş işlari olib borilgani sababli, örta asrlarga oid «Tepa 9» arxeologiya merosi obektiga 269,6 mlrd sömlik, «Qalai Mullabektepa» yodgorligiga 19,7 mlrd sömlik, «Amirtepa» yodgorligiga 1,1 mlrd sömlik, «Xöja Haqqitepa» yodgorligiga 832 mln sömlik va «Tepa-5» yodgorligiga 202 mln sömlik zarar yetkazilgan. 

Xabarda yodgorliklarga zarar keltirgan şaxslar yoki taşkilotlar haqida ma’lumot berilmagan.

Buxoro viloyati prokuraturasi xabariga köra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.