Şahnoza Navrözova 1989 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida eski Tomjiq qişloğida (hozirgi Muxtor mahallasi) tuğilgan. U 5 yoşida qişloqdagi maktabga çiqqan, keyinroq ta’limni Qoraköldagi litseyda davom ettirgan. 2005 yili 16 yoşida Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining özbek tili va adabiyoti fakulteti talabasiga aylangan. 2013 yil magistraturani tamomlaydi, 2017 yilda esa doktoranturada öqiş uçun Istanbulga ketadi. Hozirda ilmiy işi izlanişlari bilan band.

Uning taşabbusi bilan özi tuğilib ösgan çekka mahallada kutubxona oçildi. Şahnoza Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kutubxonani oçişda qanday jarayonlardan ötilgani, bunda kimlar yordam bergani va loyihaning maqsadi haqida gapirib berdi. 

«Kutubxona orzum edi»

Oxirgi 5 yildan beri Istanbulda yaşab, işlayman. Ançadan buyon köplab kitob loyihalarida köngilli bölib qatnaşib kelaman. Jamoaviy tarzda dunyo adabiyoti bessellerlari bölgan bir neçta kitobni tarjima qilganmiz. Bunday loyihalarda qatnaşişdan heç qaçon töxtamaganman.

6-7 yoşimdan beri kutubxona oçişni orzu qilganman. 5 yoşda maktabga berişgani uçun erta savod çiqarganman. Kiçkinaligimdan öqiş uçun faqat kitob qidirardim. U vaqtlar bizda internet yoki boşqa vositalar bölmagan, oddiy qişloq qizi edim, qişda köçaga çiqolmasdik, şunga qiladigan işim ham faqat kitob öqiş bölgan. Kerakli kitoblarni topişga juda qiynalardim. Kinolarda körganimizdek kutubxonalar yöq edi, şuni öylab ba’zida yiğlagim ham kelardi. 

Dadamga kitoblar olib kelişlari uçun röyxat qilib berardim, ular tuman, viloyat markazlariga borib, kitoblarni qidirardilar. Hatto şu yerlarga borib ham kitob topa olmay, qaytib kelardilar. Şunday vaziyatlar bölgani uçun öşa paytlardan kutubxona oçişni orzu qila boşlaganman, mana orzum ham içimda yiğilib-yiğilib, nihoyat amalga oşdi. 

«Nima qilasan? Baribir heç kim kitob öqimaydi»

Orzuni amalga oşiriş uçun birinçi işni kitoblar yiğişdan boşlaganman. Qaysi davlatga sayohatga borsam, kitob olib kelaverardim. Ança yillar davomida özimning soham, filologiya böyiça yoki turli tillardagi badiiy kitoblarni yiğib yuraverdim. Köplab kitoblar yiğilgaç, joy masalasi böyiça 2022 yil avgustdan boşlab turli taşkilotlarga murojaat qilişni boşladik. Men Istanbulda bölganim sababli bu taklifni masofadan turib, telefon orqali yuborardim, şuningdek, bu jarayonda mening nomimdan dadam ham taşkilotlarga borib, kutubxona uçun joy ajratilişini sörardi. Tuman hokimiyatiga, tuman yoşlar ittifoqi kabi taşkilotlarga uçraşdik, ulardan ijobiy javoblarni ham olganmiz. Lekin bu javoblar bizni qoniqtiradigan darajada bölmadi, çunki boşida joy topiş qiyin böldi, topilganda esa kutubxona uçun juda kiçik xonalar ajratildi.