Farğona viloyatidagi Quvasoy şahrida Milliy gvardiya qöriqlaş boşqarmasi tezkor harakatlanuvçi guruh avtotransporti va tez tibbiy yordam maşinasi örtasida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki suriştiruvlar jarayonida, tezkor harakatlanuvçi guruh haydovçisi boşqaruvidagi avtotransport vositasi Quvasoy şahar A.Navoiy köçasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam bölimining "Damas" avtomaşinasi bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir etilganligi ma’lum bölgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va örta darajadagi tan jarohati olişgan.
Holat yuzasidan Quvasoy şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari amalga oşirilmoqda.












