28 may, yakşanba kuni Finlandiyaning Tampere şahridagi stadionda Kanada va Germaniya terma jamoalari örtasidagi öyin bilan yakunlangan hokkey böyiça jahon çempionatida Kanada jamoasi ğolib böldi. Nemislar kanadaliklarga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, JÇ-2023 kumuş medali sohiblariga aylanişdi. Kanada uçun finaldagi bu ğalaba jahon çempionati tarixidagi 28-ğalaba böldi.

JÇ-2023 bronza medali Latviya jamoasiga nasib etdi, u qöşimça vaqtda AQŞni 4:3 hisobida mağlub etdi. Şu tariqa, Latviya hokkey böyiça jahon çempionati tarixida ilk bor şohsupadan joy oldi.

Dastlab, hokkey böyiça 2023 yilgi jahon çempionati Sankt-Peterburgda ötkazilişi rejalaştirilgan edi, ammo musobaqalar Riga va Tamperega köçirildi.

Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Belarus terma jamoalari jahon çempionatida, şuningdek, Xalqaro hokkey federatsiyasi (IIHF) şafeligida ötkaziladigan boşqa musobaqalarda iştirok etişdan çetlatildi.