Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabda ishlayotgan laboratoriya xodimlari uchun pedagogik staj hisoblanmaydi
O‘rta-maxsus ma’lumot asosida maktabda ishlayotgan laboratoriya xodimlari mazkur lavozimdagi staji pedagogik staj hisoblanmaydi.
Foto: Kun.uz
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
O‘rta-maxsus ma’lumot asosida maktabda ishlayotgan laboratoriya xodimlarining mazkur lavozimdagi staji pedagogik staj hisoblanmaydi.
Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlarning besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab direktorlaridan OTMlarga hujjat qabuli boshlangunga qadar oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning «Yagona elektron tizimi - erp.maktab.uz» dasturiga kiritishlarini so‘ragan edi.
Mavzuga oid
15:30 / 12.12.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etmoqchi
09:21 / 22.11.2025
Toshkentda havo ifloslanishini aniqlash uchun maxsus mobil laboratoriyalar jalb etildi
08:34 / 05.09.2025
Britaniya O‘zbekistondagi laboratoriyalarni zamonaviy standartlarga moslashtiradi
18:51 / 16.08.2025