Toşkent şahrining Bektemir tumanida odam ölimi bilan yakun topgan yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
«2023 yilning 28 may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yöli köçasida, 1996 yilda tuğilgan haydovçi Cobalt rusumli avtomaşinani boşqarib ketayotib, yöl çetida harakatsiz töxtab turgan, 1998 yilda tuğilgan haydovçiga tegişli «Vaz-2105» rusumli avtomaşina bilan töqnaşuv sodir etgan.
Şundan söng Cobalt boşqaruvni yöqotib, yöl çetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan», deyiladi xabarda.
YTH oqibatida 2 nafar piyoda (2000 va 2001 yilda tuğilgan fuqarolar) hamda Cobalt avtomaşinasi haydovçisiga tan jarohati olgani sababli tibbiy yordam körsatilgan. 1997 yilda tuğilgan piyoda olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.












