Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Umurzoqov kelgusida amalga oşiriladigan rejalarning ayrimlariga töxtalib ötdi.
Uning sözlariga köra, şahardagi har bir mahallada yaşil hududlar barpo etiladi. «Toşkentga «xalq şahri», «xalq hordiq çiqaradigan şahar» nomini olib beriş siyosatini yuritamiz», dedi u.
Şavkat Umurzoqov bu sözlarni 27 may kuni Toşkent şahridagi Ekopark hududida ötkazilgan «Piknik madaniyati» aksiyasida aytgan.
«Muhtaram prezidentimiz kuni keça Çilonzorga borganida ham aytdiki, Toşkent şahrida 132 kilometr suv böylari bor. Şundan 40 kilometrida obodonlaştiriş işlari olib borilgan. Qolgan va qöşimça 100 kilometrni ham obod qiliş va daraxt ekiş, xalq uçun manzarali va hordiğini bemalol çiqarişi uçun şaroit yaratiş [topşiriğini berdi]. Şu bilan birga nafaqat suv böylari, balki har bir mahallaning öz boği, bolalar va sport maydonçalari bölişini ham ta’kidladi. Buning uçun barça şaroitlarni yaratib beryapti», dedi Umurzoqov.
Uning qayd etişiça, yaqin kunlarda har bir mahallada yaşil hududlar barpo etiladi, suv böylarida qarovsiz qolib ketgan joylarni kökalamzorlaştiriş işlari olib boriladi.

«Bugungi kunda hurmatli prezidentimizning ham şahar hokimligiga bergan topşiriği va siyosati şuki, şaharda kökalamzorlaştiriş işlarini qattiq olib boriş, xalq uçun hordiq çiqaradigan şahar nomini olib beriş. Hozirda kuniga 6 million odam şahar yöllaridan foydalanayotgan bölsa, şundan 4 millioni jamoat transporti yoki velosipedda, piyoda yuradi. Asosiy e’tiborni ularga qaratgan holda yöllar çetida ham obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş topşiriği berildi. Toşkent şahriga «xalq şahri», «xalqqa xizmat qiladigan şahar», «xalq hordiq çiqaradigan şahar» nomini olib beriş siyosatini olib boramiz», dedi Şavkat Umurzoqov.











