Unga ko‘ra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
- davlat budjeti mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;
- homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablag‘lari.
















