Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:05 / 02.06.2023
27109
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga Eron hududlaridan yanada issiq havo kirib kelishi kutilyapti
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi “O‘zgidromet”ga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:
- 5-6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida +40...+41 darajagacha;
- 6-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +40...+42 darajagacha;
- 5-8 iyunda +38...+40 darajagacha;
- 7-8 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36...+39 darajagacha ko‘tariladi.
7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026