Qöşma Ştatlarning Havayi orolidagi Pan-STARRS observatoriyasi astronomlari Yerga yaqin bölgan yangi 2023 FW13 obektini topdilar. Dastlab unga orbitasining barqarorligi tufayli e’tibor berilgan edi.
Ma’lum bölişiça, bu yana bir kvazi (qalbaki) tabiiy yöldoş. Ya’ni, u Yer bilan orbital rezonansda va köp yillar davomida uning atrofida qoladi. Hatto Quyoş atrofida ham bir xil vaqtda töliq aylanadi.
Meet newly-discovered asteroid 2023 FW13. @AdrienCoffinet noticed it is a quasi-satellite of Earth.
— Tony Dunn (@tony873004) April 4, 2023
Astronomer, Sam Deen, located precovery images which help confirm the 1:1 resonance with Earth. This is the same type of orbit as Kamoʻoalewa (2016 HO3). https://t.co/c9EnXVooXY pic.twitter.com/BY2GEOPGzL
Oy bilan taqqoslaganda obekt juda kiçkina - beş qavatli binoning ölçamida (taxminan 15 metr). Va u ança uzoqda, 14 million kilometr masofadan ötadi.
Olimlarning fikriça, bu Yerning eng qadimgi kvazi tabiiy yöldoşi. Ularning hisob-kitoblariga köra, u miloddan avvalgi 100 yillarda Yerga «qöşni» bölgan. Va taxminan 3700 yilgaça şunday bölib qoladi.
2023 FW13 Yerga yaqin obekt hisoblanişiga qaramay, biz uçun heç qanday xavf tuğdirmaydi. Agar uning trayektoriyasi özgarsa, biz bu haqda ehtimoliy töqnaşuvdan bir neça ön yillar oldin bilib olamiz, deb xulosa qildi astronomlar.












