Tarixda ba’zi voqealarni gullar bilan boğlaşgan. Ba’zi davlatlar örtasidagi mojarolarni gul nomi bilan ataşadi. Ba’zi davlatlardagi katta özgarişlar nomida ham gullar işlatilgan. Özbekistonda ham nomi gul bilan boğlanadigan şahar bor, bu Namangan şahri. 62-bor Gullar festivali ötkazilayotgan, 1 mlnlik şahar deya tarif berilayotgan Namangan şahri haqida "Manzil" loyihasi sözlab beradi.
Şaharning qisqaça tarixiga töxtaladigan bölsak, Namangan sözi forsçadan “Namak kon”, ya’ni tuz koni degan ma’noni anglatişi haqida ma’lumotlar bor, ba’zi manbalarda esa namakkon sözi "Namçil yer, sersuv, namroq yer" degan ma’no berişi ham keltirib ötilgan.
Namangan sözi 10-asrdagi yozma manbalarda uçraydi. 1610 yilda Namangan şaharga aylangan. 1622 yilda Qadimgi Axsikent, ya’ni Zahiriddin Muhammad Bobur tuğilgan şaharda sodir bölgan zilzila sababli u yerda omon qolgan aholi Namangan şahri hududiga kelib joylaşgan.
Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo yerlarini bosib olgandan söng Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farğona ma’muriy viloyati tuzilgaç, Namangan uning uyezd şaharlaridan biriga aylangan. 1941 yilda ÖzSSR tarkibida Namangan viloyati taşkil etilganidan keyin şahar viloyat ma’muriy markaziga aylantirilgan.
Hozirda Namangan şahri uç qismga bölingan, şaharga böysinuvçi Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari va şaharning qolgan qismi. Şaharda hunarmandçilik qadimdan rivojlangan. Bu an’ana hozir ham davom etmoqda. Eng köp tarqalgan hunarlardan biri bu novvoyçilik. Namanganlik novvoylar nafaqat Özbekiston böylab, balki Amerika, Koreya, Qozoğiston va köplab mamlakatlarda ham novvoyçilik qiladi. Namanganning brend noni esa şirmoy non hisoblanadi.
Şahar aholisining katta qismi uçun tong juda erta boşlanadi. Soat 4:00 da oşxonalarda ovqatlanişingiz mumkin desam işonasizmi? Namanganda bomdoddan keyin aholi taomlanişi uçun oşxonalar iş boşlaydi.
Namangan şahri özining tekstil sohasi böyiça ham oldingi örinlarda. Namanganda tikilgan kostyum-şimlar MDH davlatlari, Yevropa bozorlarigaça yetib bormoqda.
Gullar bayrami
62-bor ötkazilayotgan uşbu bayram, hozirda Xalqaro gullar festivali maqomini olgan. Avvallari faqatgina gullar savdosi bilangina çeklangan uşbu bayram. Hozirda köplab madaniy tadbirlar, körgazmalar, konsertlar bilan boyitilgan. Avvallari bayram 3 kun, bir hafta davom etgan bölsa, bu yil bir oy bölişi belgilangan. Namanganda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat boği, Afsonalar vodiysi tematik parki, Kamolot yoşlar boği kabi dam oliş uçun maskanlar mavjud. Gullar festivali Zahiriddin Muhammad Bobur boğida va Afsonalar vodiysi tematik parkida ötkazilmoqda. Bayram 21 may kuni erta tongda gullar bilan bezalgan maşinalar paradi bilan boşlangan. Buni tomoşa qilişga esa qöşni davlatlardan, respublikamizning barça viloyatlaridan mehmonlar taşrif buyurgan. Öziga xos dekoratsiyalar, gullarga burkangan şahar taşrif buyuruvçilarni öziga jalb qilmoqda. Köçalarda har kuni Qirğiziston va Tojikiston Respublikalari davlat raqami bilan köplab maşinalar, turistlar taşuvçi mikroavtobuslarda sayyohlarni körişingiz mumkin. Ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal. Namanganga, gullar festivaliga taşrif buyuring, gözallikdan bahra oling.












