Bugun, 2023 yil 9 iyun kuni soat 9:00 dan boşlab Termiz şahriga kuçli şamol bilan qum böronlari yopirilgan. Soat 10:00 holatiga köra şaharda köriş masofasi 200 metrgaça qisqargan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining xabar berişiça, çang va şamol Termiz şahridan taşqari viloyatning yana bir qança tumanlari hududida sodir bölmoqda.
Boşqarma viloyat aholisiga murojaat qilib çang va şamol vaqtida ehtiyot bölişni va xavfsizlik çoralarini körişni söramoqda.
«Bugun, 9 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz şahri, Denov, Sariosiyo, Angor, Şerobod, Muzrabot, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 4-12 metr sekund tezlikda şamol esişi sababli çang-tözon hodisalari kuzatilmoqda. Kuzatilgan çang şamol esişi böyiça fuqarolardan FVBga murojaatlar kelib tuşmagan. Hozirda vaziyat barqaror.
Şu örinda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi voha ahliga çang-tözon vaqtida xavfsizlik çoralarini körişini sörab qoladi», deyiladi murojaatda.












