“Özgidromet” xabariga köra, haftaning ikkinçi yarmida kunduzi havo +37...+40 darajagaça, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +41...+42 darajagaça isiydi. Bu iyun oyining örtasi uçun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.
Respublika hududi böyiça uşbu hafta davomida ob-havo asosan yoğingarçiliksiz bölişi kutilmoqda, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek, toğoldi va toğli hududlarda 12-13 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin.
12-13 iyun kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.
Poytaxtda uşbu haftada havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13 iyunda 10 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat asosan keçasi +23...+25 daraja, kunduzi +37...+39 daraja böladi.












