Italiyaning sobiq boş vaziri, «Olğa, Italiya» (Forza Italia) partiyasi asosçisi Silvio Berluskoni 86 yoşida Milandagi şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Corriere della Sera xabar bermoqda.
Aprel oyi boşida Berluskoniga leykemiya taşxisi qöyilgani xabar qilingandi. U ximiyaterapiya kursini ötagan. Sobiq boş vazir 5 aprel kuni yotqizilgan Milandagi «San-Rafaele» klinikasi öşanda uning holatini barqaror deb baholagandi. May oyi örtalarida siyosatçi şifoxonadan çiqarilgan, ammo 9 iyun kuni yana qayta joylaştirilgandi.
Berluskoni tört marta Italiya Vazirlar kengaşi raisi (1994—1995, 2001—2005, 2005—2006, 2008—2011) bölgan. U Italiya Respublikasi tarixida boş vazir lavozimini egallaş borasida rekordçi hisoblanadi.
U 2011 yilda davomli mojarolar va sud ta’qiblari ortidan iste’foga çiqqandi. 2019 yilda siyosatçi Italiyadan Yevroparlament tarkibiga saylanadi. 2022 yil sentabrida esa Monsa saylov okrugidan senat uçun saylovlarda ğolib bölgandi.
Berluskoni Yevropa davlatida hukumat boşqaruviga kelgan ilk multimilliarder bölgandi. U Italiyaning eng badavlat kişilaridan bölgan: suğurta magnati, banklar va ommaviy axborot vositalari, şuningdek Fininvest kompaniyasi aksiyalari nazorat paketi egasi bölgan.
U 1970-yillar oxirida Yevropadagi birinçi yirik tijoriy televideniye tarmoğini yaratadi. 30 yil mobaynida, 1986 yildan 2016 yilga qadar «Milan» futbol klubiga egalik qiladi.
2011 yilda Forbes jurnali talqiniga köra, Berluskonining boyligi 7,8 mlrd dollarni taşkil etgan va u dunyoning eng boy odamlari röyxatida 118-örinda joylaşgan, 2005 yilda uning boyligi 12 mlrd dollarga baholangan va u 25-örinda edi.












