12 iyun kuni «Toşkent —  Samarqand» yönalişi böyiça parvoz qilgan Silk Avia kompaniyasi samolyoti sahnida yölovçi sigareta çekkani aniqlandi. 

Qayd qilinişiça, 70 yoşli ayol samolyot hojatxonasida sigaret çekkan. Tamaki mahsuloti hidini sezgan bort kuzatuvçilari yölovçiga samolyot bortida çekiş qat’iyan taqiqlanganini tuşuntirişga harakat qilişgan. Bunga javoban ayol öz noroziligini bildirgan. 

Bort kuzatuvçilari vaziyat haqida samolyot komandiriga xabar bergan. Samolyot Samarqandga qöngaç, huquq-tartibot xodimlari tomonidan yölovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Endi u bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari (660 ming söm) miqdorida jarimaga tortilişi mumkin. 

Özbekiston qonunçiligiga köra, samolyot bortida çekiş qat’iyan man etiladi. Bu Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan tartibga solingan.