Buxoro va Urganç şaharlari oraliğidagi avtomobil yölida UzAuto Motors treyleri YTHga uçrab, ikki haydovçisi vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, voqea 14 iyun kuni soat 11:40 da röy bergan. UzAuto Motors avtoparkiga tegişli treyler yuk maşinasiga borib urilgan. YTH oqibatida avtovoz kabinasi şikastlangani sababli ikki haydovçi ham olingan oğir jarohatlar natijasida vafot etgan.

«Ayni paytda uşbu hodisa tegişli xizmatlar tomonidan örganiş işlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga köra beriladi», deyilgan xabarda.