Beeline Uzbekistan öz mijozlari uçun yangilangan Beeline Club sodiqlik dasturini işga tuşiradi. Uning iştirokçilari BeeCoin, ya’ni balansni töldiriş uçun töplangan ballarni dökonlar, restoran va kafelar, sport zallari va digital-operatorning boşqa hamkorlaridagi imtiyozlarga almaştirişlari mumkin. Yangi funksiyalar faqat Beeline Uzbekistan ilovasida mavjud – uni yuklab olib, smartfoningizga örnatişni unutmang!

“Beeline Club” dasturidan oldindan tölov tizimi tariflarini ulagan mijozlar foydalanişlari mumkin. Har bir mobil balansni 1000 sömga töldirganda mijozga 10 BeeCoin taqdim etiladi. Özbekistonning 200 dan ortiq kompaniyasi dasturning hamkoriga aylandi. Ular BeeCoin’larni çegirmalar, promokodlar va eksklyuziv takliflarga almaştirişlari mumkin. Şu bilan birga, dastur iştirokçisining darajasi har 90 kunda ösib boradi.

Birinçi bosqiçda, dasturga qöşilgandan söng, siz operator hamkorlaridan 5% gaça çegirmalarga ega bölişingiz mumkin. Ikkinçi darajada, 10% gaça çegirmalar va hamkorlarning promokodlari mavjud böladi. Uçinçi va törtinçi darajalarda çegirmalar 40% gaça yetadi. Barça çegirmalar faollaştirilgan kundan boşlab 30 kun davomida amal qiladi. Bundan taşqari, faqat yangi “daraja”ga ötiş fakti uçun "Beeline" mijozi qöşimça 200 BeeCoin oladi.

 “Beeline Club 2.0” a'zolari uçun ham yangilangan “Beeline Club” mavjud. Yangilangan dasturga qöşilganda, mijoz darajasi saqlanib qoladi va unga 200 BeeCoin bonusi ötkaziladi. Barça töplangan Beep’lar ham saqlanadi, ularni BeeCoin’ga aylantiriş va çegirmalardan bahramand böliş mumkin.

Dasturda iştirok etiş uçun “Beeline Uzbekistan” ilovasini yuklab olişingiz yoki sönggi versiyaga yangilaşingiz, “Beeline Club” bölimiga ötişingiz va “Beeline Clubga qöşiliş” tugmasini bosişingiz kerak. Agar mijoz avval Beeline Club 2.0 a’zosi bölgan bölsa, xuddi şunday harakatlar amalga oşirilişi kerak.

“Beeline Club – sevimli restoranlari, sport klublari, dökonlari yoki salonlariga taşrif buyuriş yanada zavqliroq böladigan odamlar klubidir. Ammo dasturda iştirok etiş bizning hamkorlarimiz tomonidan nafaqat çegirmalarni taqdim etadi: har oy mijoz “Beeline Uzbekistan” ilovasida maxsus aloqa xizmatlarini xarid qiliş imkoniyatiga ega böladi. Ular orasida, masalan, 1 TB internet töplami. Şunday qilib, Beeline Club ham digital, ham real dunyoda qöşimça imkoniyatdir”, - deydi “Beeline Uzbekistan” tijorat direktori Maksim Yefremov.


“Unitel” MÇJ 2006-yilning 12-sentabridan boşlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Amsterdam şahrida (Niderlandiya) joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi