18 iyun kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida soat 10:15 dan 12:00ga qadar çang-tözon hodisalari kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Hollivud filmlaridagi manzaralarni eslatuvçi kadrlar tarqalmoqda.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, Past Darğom, Jomboy va Bulunğur tumanlarida soat 11:30 dan hududda kuzatilayotgan kuçli şamol va çang tözonlari oqibatida elektr energiya vaqtinça tarmoqdan uzildi.
Energetika vazirligi elektr uzatiş liniyalarida xavfsizlikni ta’minlaş uçun elektr ta’minoti vaqtinça töxtatilganini ma’lum qildi va hududda kuçli şamol esişi pasaygandan söng qayta tiklanişini ma’lum qildi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov Bulunğurdagi hodisaga munosabat bildirgan.
«Mintaqada qurğoqçilik, yaşil massaning kamayişi, çöllaşişning jadal davom etayotganidan darak beruvçi jiddiy signallar.
«Interstellar» filmidagi çang böroni bostirib keliş bilan boğliq kadrlar bizda ham tez-tez kuzatiladigan bölyapti.
Respublikaning şimoli, çöllari va janubida odatiy bölib borayotgan bu kabi manzaralar endi markazga ham köçmoqda», deya yozgan u öz telegram-kanalida.









