Özbekistonning Tokio şahridagi elçixonasida Yaponiya parlamenti qöyi palatasi a’zosi Moriyama Xiroyuki bilan muzokaralar ötkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uçraşuvda asosiy e’tibor Özbekistondagi bugungi ekologik holat va dolzarb masalalarga qaratilib, iqlim özgarişi va ekologik masalalar mamlakatga öz salbiy ta’sirini körsatayotgani, xususan bu jarayonlar Markaziy Osiyoda dunyoning boşqa köplab mintaqalariga qaraganda ança jadal keçayotgani ta’kidlandi.

Özbekiston hukumati tomonidan qurğoqçilik va suv tanqisligiga qarşi kuraşiş, Orol fojiasi oqibatlarini yumşatiş va Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş borasida qat’iy harakatlar amalga oşirilayotgani ma’lum qilinib, Yaponiya köp yillardan buyon Özbekistonning atrof muhitni himoya qiliş yönalişidagi sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlayotgani va köplab ekologik muammolarning yeçimida kömak berayotgani qayd etildi.

Xiroyuki Moriyama Orol dengizidagi ekologik vaziyat bugungi kunda tobora  global muammoga aylanib borayotganligini, uşbu holat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça dunyo mamlakatlari sa’y-harakatlarini birlaştiriş va faollaştiriş muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar BMTning Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik trast fondiga Yaponiya Hukumati va taşkilotlari resurslarini mobilizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda suv tejovçi, tozalovçi, drenaj suvlari sifatini oşiruvçi ilğor yapon texnologiyalarni keng joriy etiş hamda Yaponiyadagi ilk port şahar – Osaka prefekturasidagi Sakai şahri bilan hududlararo aloqalarini yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişdi.