Özbekiston prezidentining 2022 yil 31 avgustdagi PF–213-son farmonida qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun davlat granti asosida 3 mingta, tölov-kontrakt asosida 6,5 mingta qöşimça kvota ajratilişi belgilangan edi.
Mazkur farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun tumanlarda tarmoq sohalari böyiça oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yönalişlari kesimida:
- respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 mingta;
- viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy tölov-kontrakt asosida 6,5 mingta qöşimça qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda:
- davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kiriş imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball töplagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;
- bazaviy tölov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kiriş imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball töplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan şakllantirildi.
Qöşimça qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpoğistonlik yoşlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali şaxsiy kabinetidan bilişi mumkin.
Şuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari ham yetkazilgan.












