Barça talabalar, şu jumladan, birinçi kursga tavsiya etilgan talabalar ham yangi öquv yilining birinçi kunidan boşlab şartnomalarni elektron şaklda onlayn olişi mumkin.
Buning uçun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida röyxatdan ötiş talab etiladi. Şuningdek, uşbu portal orqali «super-kontrakt» uçun ham ariza qoldiriş va şartnoma rasmiylaştiriş mumkin.
Qonunçilikka köra, talabalarga kontrakt tölovini qismlarga bölib tölaş imkoniyati ham berilgan:
Jumladan:
- kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15 sentabrgaça (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgaça) hamda II va undan keyingi kurslar 1 oktyabrgaça (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgaça);
- kontraktning kamida 50 foizi 1 yanvargaça, 75 foizi 1 aprelgaça va 100 foizi 1 iyulgaça (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargaça);
- xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargaça.
Super-kontraktni tölaş muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (öquv yilining birinçi yarmi uçun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.













