Ukrainadagi uruşning 480-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHK bilan şartnomasi yakunlangani tufayli 32 ming sobiq mahbus uyga qaytgani haqida xabar berdi. RF prezidenti Vladimir Putin 2023 yil yozida Ukrainada jang qilişga rozilik bildirgan mahbuslarni afv etiş töğrisidagi farmonga imzo çekkanini tasdiqlagandi.
- Yevroittifoq Ukrainaga qurol yetkazib berişni tezlaştirişni va’da qildi. Içki bozor masalalari böyiça komissar Tiyerri Breton kelgusidagi qöllab-quvvatlov Ukraina qurolli kuçlarining jang maydonidagi muvaffaqiyatlariga boğliq bölmasligiga işontirdi.
- Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov sönggi bir kun davomida region hududiga turli turdagi 120 ta snaryad bilan zarbalar yöllanganini xabar qildi.
- Petrozavodsk şahri meri «Axmat» bataloniga köngilli sifatida yöl olganini ma’lum qildi.
- Roman Abramoviç «Çelsi» sotuvidan tuşgan 2,3 milliard funtni Ukrainaga berişdan boş tortgan, deb xabar bermoqda Daily Mail tabloidi. Naşr ma’lumotlariga köra, biznesmen mablağ uruşdan jabrlangan rossiyaliklar va ukrainaliklarga teng taqsimlanişini istamoqda.
Kunning asosiy fotosurati. Okkupatsiya ostidagi Gola Pristanda Kaxovka GESdagi vayrongarçilik oqibatlari

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA





























