19 iyun kuni Özbekistonning qator hududlarida kuçli çang böronlari kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda noqulay ob-havo tufayli köçalarda harakatlaniş qiyinlaşganini köriş mumkin.

FVV Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hududlarida sodir bölgan gidrometeorologik tabiat hodisasi yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Unga köra, 19 iyun kuni Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kuçli şamol esişi natijasida çangli böronlar sodir böldi. Özbekistonda, şuningdek, Markaziy Osiyo va qöşni mamlakatlarda çangli böron hodisalari azaldan tez-tez uçrab turadi. Odatda, havoga kötarilgan qum va çang massalari şamol kuçsizlaşgandan söng tarqaladi va yerga ötiradi.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan jabrlanganlar töğrisida FVVga murojaatlar kelib tuşmagan.

Ayni vaqtga kelib ğarbiy hududlarda vaziyat barqarorlaşgan, öz navbatida Toşkent şahrida kuçli çang böroni kuzatilmoqda.

Iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, respublika hududlarida kuzatilayotgan çang böronlari davomli kuzatiladigan çang böronlar emas.

«Çang böronlari balandligi va mavjud sinoptik vaziyatdan kelib çiqib, uşbu tabiat hodisasini joylarda 2-3 soatgaça davom etişini prognoz qiliş mumkin. 

Birinçilardan boşlangan Buxoro va Navoiy viloyatlarida çang böroni bilan boğliq vaziyat ança barqarorlaşmoqda», degan u öz telegram-kanalida.

Kuçli şamol tufayli tört viloyatda 40 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotidan uzilgan