2023 yil may oyida ekonom-klass salonida Rossiya böylab parvoz narxi ötgan yilning şu davriga nisbatan 28 foizga oşib, ming kilometr uçun 6972,36 rublni (75,81 yevro) taşkil etdi. Bu haqda 20 iyun, seşanba kuni Rosstat ma’lumotlariga tayanib, RBK xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu körsatkiç 2000 yildan beri eng yuqori körsatkiçga aylangan, idora öşanda uşbu körsatkiçni kuzatişni boşlagan. Avvalgi «çöqqi» 13 yil avval, 2010 yil avgustida qayd etilgan va 6892,51 rublni (74,95 yevro) taşkil qilgan. 2023 yilning birinçi beş oyida reyslar 32 foizga qimmatlaşgan.
Rossiyaning eng yirik aviakompaniyalari - «Aeroflot» va S7 vakillari aviaçiptalar narxining oşişini qöşimça xarajatlar, xususan, yonilği narxi kötarilişi, şuningdek, davlat subsidiyalarining tugaşi bilan izohladi. 2022 yilda, Ukrainada uruş boşlanganidan söng, subsidiyalar tufayli çiptalar narxining oşişiga yöl qöyilmagandi.
Bundan taşqari, Rossiyaga qöyilgan xalqaro sanksiyalar narxlarga ta’sir qildi. Kompaniyalar ehtiyot qismlarni uçinçi davlatlar orqali sotib olişga majbur bölib, çeklov çoralarini çetlab ötyapti, bu esa texnik xizmat körsatiş xarajatlariga ta’sir qiladi. Çiptalar narxining oşişi, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQŞ va boşqa mamlakatlarga parvozlar taqiqlanganidan keyin Rossiya aviakompaniyalarining kamroq daromadli içki bozorga ötişi bilan boğliq.












