AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlaş böyiça tergov materiallarini oldindan ruxsatsiz oşkor qilolmaydi. AQŞ Adliya vazirligining şu haqdagi talabi federal sudya Bryus Reynxart tomonidan ma’qullandi, deb yozdi The Hill.

«Ayblanuvçi iş materiallari bilan faqat advokat yoki himoyaçilar guruhi a’zosining bevosita nazorati ostida tanişişi mumkin», dedi Reynxart.

Sudya buyruğiga köra, Tramp OAV va ijtimoiy tarmoqlarda jinoyat işi haqida ma’lumot tarqata olmaydi. U iş böyiça töplangan dalillarni, şu jumladan maxfiy hujjatlarni faqat advokatlari iştirokida tekşiriş huquqiga ega böladi.

16 iyun kuni AQŞ Adliya vazirligi suddan Trampning Mar-a-Lagodagi mulkida maxfiy hujjatlarni oldindan ruxsatisiz noqonuniy saqlaş işi böyiça tergov materiallarini ommaviy axborot vositalariga yuborişi yoki ijtimoiy tarmoqlarda naşr etişiga yöl qöymaslikni söragan edi.

2022 yil avgust oyida FQB agentlari Mar-a-Lago mulkini tintuv qilişdi. Natijada davlat manfaatlariga oid bir qança hujjatlar topildi. Ular orasida «öta maxfiy» va «maxfiy» belgisi qöyilgan hujjatlar ham bölgan. Tramp bu hujjatlarni ixtiyoriy ravişda topşirişga tayyorligini aytdi.

Şundan söng, prokurorlar Trampga 37 ta modda böyiça ayblov e’lon qildi. Sobiq prezident, öz navbatida, aybiga iqror bölmadi, ayblovni absurd va Oq uyning öz vakolatini suiiste’mol qilişiga misol deb atadi.