Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Ernazarov 73 yoşida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyuşmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qudrat Ernazarov 1950 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Mutaxassisligi böyiça jurnalist. 1973 yilda Leningrad davlat universitetining Jurnalistika fakulteti kunduzgi bölimini tamomlagan.

Turli yillarda gazeta muxbiri, tarix kafedrasi öqituvçisi, mudiri, Milliy universitetda jurnalistika fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019 yildan hozirgi kungaça Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professori, keyinroq Jamoatçilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi professori sifatida işlab kelayotgandi.

U 2008 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangandi.