Joriy yilning 19 iyun kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati «Cert International» xalqaro sertifikatlaş taşkiloti tomonidan taqdim etilgan ikkita sertifikatni qölga kiritdi. 

Birinçisi xalqaro standart - ISO 14001:2015 ekologik menejment tizimiga, ikkinçi sertifikat Soğliqni muhofaza qiliş va xavfsiz mehnatni ta’minlaş menejment tizimi - ISO 45001:2018 xalqaro standartiga berildi.

Sertifikatlarni xalqaro sertifikatlaş agentligi «Cert International» MÇJ direktori Marat Xabibulin OKMK boşqaruvi raisi Abdulla Xursanovga topşirdi.

Muqaddam, OKMKda har ikki yönalişda «Cert International» xalqaro sertifikatlaş taşkilotining auditorlari tomonidan xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlaş auditi ötkazildi va audit yakunlari böyiça xalqaro sertifikatlar taqdim etilişi töğrisida qaror qabul qilingan edi.

E’tiborlisi, uşbu sertifikatlarga kombinatda ekologik menejment tizimi xalqaro standart talablarini hamda Soğliqni muhofaza qiliş va xavfsiz mehnatni ta’minlaş menejment tizimini joriy etiş böyiça samarali işlar amalga oşirilişi natijasida erişilganini alohida qayd etiş joiz.

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida işlab çiqariş jarayonini töxtatmagan holda mavjud uskunalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş, işlab çiqariş salohiyatini deyarli ikki baravarga oşiriş, yillik belgilangan rejalarni ortiği bilan bajariş, şu bilan birga ekologik xavfsizlik çoralarini köriş boş maqsad sanaladi.

Asosiysi, mazkur ISO 14001:2015 hamda ISO 45001:2018 xalqaro standartiga sertifikatlari kombinat faoliyatida eng avvalo inson omili, uning soğligi, xavfsizligi, tabiiy resurslardan samarali foydalaniş va atrof-muhit muhofazasi borasida mas’uliyatni his etişini körsatadi. Şuningdek, bu xalqaro sertifikatlar kombinatda boşqaruv tizimlari töğri taşkil etilgani va korxonaning barqaror faoliyat yuritişini bildiradi.

OKMK axborot xizmati