20 iyun, seşanba kuni Bryusselda Kiyevga 2024-2027 yillar davomida yana 50 milliard yevro ajratilişi közda tutilgan yangi reja taqdim etildi. Jamğarmaning taşkil etilişi haqida Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. «Uşbu zaxira, birinçi navbatda, Ukrainadagi hamkorlarimiz uçun işonçni ta’minlaydi. Bu boşqa donorlarning faolligini ham rağbatlantirişi kerak», dedi u va yangi jamğarma YeIga uruşda talab qilinadigan moslaşuvçanlik bilan harakat qiliş imkonini berişini ta’kidladi.

Zaxira 17 milliard yevro grant va 33 milliard yevro kreditdan iborat böladi, ammo grantlar va kreditlarning aniq yillik uluşi har yili standart budjet protsedurasi doirasida Yevropa Parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengaşi tomonidan belgilanadi. 

Mablağlarning katta qismi - 39 milliard yevro grant va kreditlar Ukraina davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilişi rejalaştirilgan. 8 milliard yevro Ukrainaga sarmoya kiritiş uçun kafolatlar va şart-şaroitlar yaratiş uçun möljallangan, yana 3 milliard yevro esa mamlakatga texnik yordam körsatiş uçun ajratilgan. Paketning asosiy maqsadlari Ukrainani rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş, Yevropa Ittifoqiga kiriş yölidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş, davlat xizmatlarini uzluksiz körsatiş, ijtimoiy nafaqalar, maktablar va şifoxonalar uçun davlat mablağlariga bölgan ehtiyojni qoplaş, xususiy sektorga investitsiyalarni safarbar etişdan iborat. 

Yevrokomissiya rejasi Ukraina hukumati bilan kelişilişi kerak, dedi Bryusseldagi brifingda Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. «Bu Yevropa Ittifoqining tarixdagi eng yirik moliyaviy vositasi bölib, uçinçi davlat uçun möljallangan», — dedi u. 

Bryussel bunday yirik investitsiyalar munosabati bilan qöşimça şart qöyişga qaror qildi: audit va nazorat böyiça kengaytirilgan qoidalar. Birinçidan, Ukraina yordam samaradorligini oşiriş uçun audit va nazorat tizimini modernizatsiya qilişi kerak. Ikkinçidan, Yevrokomissiya rejani amalga oşiriş jarayonida istalgan vaqtda tekşiruv ötkaziş imkoniyatiga ega bölişi kerak. Uçinçidan, qonunbuzarliklar, firibgarlik va korrupsiyaning oldini oliş uçun mustaqil auditorlar kengaşi tuziladi, u davlat mablağlarini samarasiz boşqariş, şuningdek, nazorat tizimidagi kamçiliklar töğrisida Yevropa komissiyasiga hisobot berişi kerak böladi.