Ukrainadagi uruşning 484-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • BMT har yilgi hisobotida Rossiyani Ukrainada 136 nafar bola öldirilişida aybdor deb atadi. Hujjat naşr etilişidan oldin Reuters va AFP tomonidan körib çiqilgan. BMT baholariga köra, rossiyalik harbiylar 91 nafar boladan jonli qalqon sifatida foydalangan.
  • Anneksiya qilingan Qrim va okkupatsiya ostidagi Xerson oblasti rasmiylari Ukraina qurolli kuçlari yarimorolni region bilan boğlovçi, Çongar yaqinidan ötgan köprikka raketa zarbasi yöllaganini xabar qilişdi.
  • Kaxovka GES töğoni vayron bölişi natijasida endilikda sayozlaşib qolgan suv omboridan qazilgan törtta suğoriş kanallari tizimi (ulardan biri Şimoliy Qrim kanali) suvsiz qolişiga olib keldi.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiya okkupatsiya ostidagi Zaporijjya AESda «radiatsiya çiqariş» orqali terakt sodir etişga tayyorlanayotganini aytdi. Ukraina soğliqni saqlaş vazirligi avariya holatida amal qiliş kerak bölgan tavsiyalarni e’lon qildi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning bayonotini «navbatdagi yolğon» deb atadi.
  • Ukraina prezidenti Rossiya kitob va gazetalarini olib kirişni taqiqlaş töğrisidagi qonunni imzoladi. Oliy rada uni bir yil muqaddam qabul qilgandi.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu iyun oyi oxirigaça Rossiya zaxira armiyasini şakllantiriş «yakunlanişi» rejalaştirilganini aytdi.
  • «Vagner» XHK SOBR, OMON, GROM va boşqa tuzilmalarning sobiq xodimlarini okkupatsiya qilingan hududlarda «harbiy politsiya» şakllantiriş uçun yollaşga kirişdi, bu haqda «Verstka» naşri aniqlagan.
  • Kaliningradlik faol Igor Barişnikov harbiy «feyk»lar töğrisidagi iş böyiça yetti yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jarrohlik amaliyotiga zarurat sezayotganiga qaramay (unda ösimta aniqlangan va saratonga gumon qilingan), uni koloniyaga yuborişgan.

Kun kadri. Pokrovsk öqqa tutilişi

21 iyun kuni Rossiya okkupatsiya ostidagi Donetsk şahridan taxminan 70 kilometr masofadagi Pokrovsk şahrini (şahar Ukraina kuçlari nazoratida) yana bir bor öqqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga köra, qurbonlar yöq. Tinç aholi vakillaridan beş kişi yaralangan (ular orasida 11 yoşli bola ham bor). Yaralangan bir ayol şifoxonaga yotqizilgan. Portlaş tölqini raketa parçalari 50 dan ortiq binoga şikast yetkazgan.