Oliy Majlis Senatining qirq ikkinçi yalpi majlisida B.Alixonov suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalasi yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida suv sarfi ayrim paytlarda aholi jon boşiga sutkasiga 400 litrni taşkil qilmoqda. Bu dunyo şaharlari körsatkiçidan ança yuqori. Masalan, aholi jon boşiga sutkalik suv sarfi Berlin şahrida 124 litrni, Amsterdamda 156 litrni, Londonda 165 litrni, Moskvada 249 litrni, Xitoyning şaharlarida esa 204 litrni taşkil etadi.
Mamlakatda olinadigan çuçuk suvning qariyb 90 foizi qişloq xöjaligida foydalaniladi (dunyoda uşbu körsatkiç örtaça 65 foizga teng). Bu raqam kommunal sohada 4,5 foizni, sanoat va energetika sohasida 4,3 foizni hamda baliqçilikda 1,2 foizni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligida har bir gektarga suv sarfi ayrim davlatlarga nisbatan 2-2,5 barobar köp. Ekin maydonlariga suv yetkazib berişda sezilarli yöqotişlar bor. Irrigatsiya tizimlarida nosozliklar mavjud. Qolaversa, yerosti suvlarining hajmi va sifati ham tobora pasayib bormoqda.
Alixonovga köra, iqtisodiy tarmoqlar, ijtimoiy obektlar hatto ayrim holatlarda agrar sohada ham suvdan foydalanişning eskirgan usul va vositalari qöllanmoqda. Suvni boşqariş, foydalaniş, yuritiş hamda suv xöjaligi obektlari töliq raqamlaştirilmagan. Şu bilan birga, içimlik suvidan boşqa sohalarda foydalaniş avj olgan. Bozorlar, köçalar, xizmat körsatiş maskanlari va boşqa aholi gavjum joylarda örnatilgan suv tarmoqlari nuqtalarida elementar qoidalarga amal qilinmagan. Mas’ullarning e’tiborsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli suvning behuda isrof bölişi holatlari kuzatilmoqda.
Senat raisi Tanzila Norboyeva mamlakatning umumiy suv resurslaridan tejamli foydalanişdagi muammolar yuzasidan fikr bildirib, global muammoga aylanayotgan suv tanqisligidan tegişli xulosalar qilib, bu şaroitlarga moslaşiş, suvni tejaş va ratsional işlatişni örganiş zarurligini ta’kidladi.
“Uşbu yönalişda öz yeçimini kutayotgan asosiy masala - suvdan foydalanişdagi isrofgarçilik va öylovsiz işlatilişi masalasi. Kundalik hayotimizda suvni behuda, maqsadsiz isrof qiliş holatlariga köp duç kelmoqdamiz.
Oxirgi paytlarda suv bilan boğliq tizimli muammolar haqida jamoatçilik bong urmoqda. Turli tanqidiy-tahliliy çiqişlar, asosli mulohazalar bildirilmoqda. Biroq mas’ullar jim. Suvdan ratsional foydalanişga qaratilgan keng qamrovli çora-tadbirlarni körmayapmiz.
Vaholanki, dunyoning köplab taraqqiy etgan davlatlarida ham ularda turmuş darajasi qançalik yuqori bölmasin, suvni asrab-avaylaşga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratiladi, turli innovatsiyalar joriy etilgan.









