Bugun, 23 iyun kuni, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 11-paketini qabul qildi.

YeI sanksiyalar röyxatiga Rossiya harbiy sanoatini qöllab-quvvatlaganlikda gumon qilingan yana 87ta kompaniya va taşkilot qöşildi. Yangilangan röyxatga Rossiya va Eron korxonalaridan taşqari, Xitoy, Özbekiston, BAA, Suriya va Armanistonda röyxatdan ötgan kompaniyalar ham kiritilgan.

Xususan, Yevroittifoq qora röyxatida Özbekistondan Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia kompaniyalari joy olgan. Ular sanksiyalarni çetlab ötgan holda Rossiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uçun mahsulot sotib olişga uringanlikda ayblanmoqda.

Avvalroq, AQŞ hukumati ham mazkur ikki kompaniyaga nisbatan sanksiya qöllagandi.

Korxona va taşkilotlarning yagona reyestriga köra, bu ikki MÇJ bir manzilda – Toşkent şahri Şayxontohur tumani Navoiy köçasi 16A-uyda joylaşgan.

Alfa Beta Creative 2022 yil 6 iyunda röyxatga olingan. Ustav kapitali – 2 mln söm. Asosiy faoliyat yönalişi – “boşqa turdagi ofis texnikalari va uskunalarining ulgurji savdosi”. Ta’sisçisi – Svetlana Karimovna Haydari.

GFK Logistic Asia 2018 yil 28 martda röyxatdan ötkazilgan. Ustav kapitali – 200 mln söm. Asosiy faoliyat yönalişi – “quruqlik transporti sohasidagi xizmatlar”. Ta’sisçilari – GFK Logistic Asia (80 foiz) va Grabilin Oleg Valeriyeviç (20 foiz).

Ma’lumot uçun, ötgan yilning iyun oyida AQŞ Davlat departamenti tomonidan 100 foiz uluşi Oleg Grabilinga tegişli bölgan Promcomplektlogistic korxonasiga ham çeklovlar joriy qilgandi.