Qaşşoq va qarzdor davlatlar kelgusi ön yil içida taraqqiyot banklaridan sezilarli darajada köproq kredit oladi. Kreditlar taxminan 200 milliard dollarga oşişi kutilmoqda, deb xabar berdi Reuters 23 iyun, juma kuni yangi global moliyaviy pakt böyiça Parij sammitining yakuniy bayonotiga tayanib.
Bundan taşqari, rivojlanayotgan mamlakatlarga ham boy davlatlar har yili 100 milliard dollar ajratişi va’da qilingan. Xalqaro valuta jamğarmasi rahbari Kristalina Georgiyevaning sözlariga köra, bu miqdorni qaşşoq mamlakatlarda iqlimni himoya qiliş uçun 2021 yilda va’da qilingan maxsus qarz oliş huquqi (Special Drawing Righs, SDR) şaklida beriş böyiça kelişuvga erişilgan. Şu bilan birga, AFP agentligining xabar berişiça, sammit yangi qöşma majburiyatlarsiz yakunlangan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytişiça, yiğilişda iştirok etayotgan 40 dan ortiq mamlakat davlat va hukumat rahbarlari xalqaro moliya arxitekturasini isloh qiliş zarurati töğrisida hamfikrdirlar. "Moliya tizimi yanada samarali va adolatli bölişi kerak", - deya uning sözlarini keltiradi AFP.
Makron imkon qadar köproq mamlakatlar moliyaviy operatsiyalar, havo qatnovi va dengiz transportiga soliq joriy etişi kerakligi aytdi. "Alohida mamlakatlarda xalqaro soliqlar yetarli emas", dedi u eng köp zarar körgan mamlakatlarda iqlimni muhofaza qiliş çoralarini moliyalaştirişning yangi usullari muhokama etilgan yiğilişda.
Germaniya kansleri Olaf Şols iqlim özgarişiga qarşi kuraşda xalqaro hamkorlikni kengaytirişga çaqirdi. “Gap eng köp qiyinçilikka duçor bölganlar ular bilan yolğiz özi kuraşmasligiga işonç hosil qilişi haqida ketyapti”, dedi u sammit yakunlanişidan biroz oldin.
Barbados boş vaziri Mia Mottli xalqaro moliyaviy arxitekturani tubdan qayta körib çiqiş va tabiiy ofatlardan aziyat çekayotgan mamlakatlarga qarz tölaşni töxtatib turişga ruxsat berişga çaqirdi.

















