«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin navbatdagi videosini e’lon qildi. Unda Putinning sobiq oşpazi uruş borasida Rossiya rasmiy pozitsiyasini rad etuvçi bayonotlar bilan çiqdi. Prigojin bu safar nimalar dedi?
«Biz qonga belanyapmiz»
«Ukraina armiyasi Rossiya armiyasiga bosim ötkazmoqda, biz esa qonga belanyapmiz, zaxira berilmayapti, heç qanday boşqaruv yöq», degan sözi boşida Prigojin. Uning fikriça, Rossiya mudofaa vazirligi va Boş ştab şunday holatda ham uruşda yengib çiqişni öylamoqda.
«Boşqaruv mavjud bölmagan, harbiy ğalabalarsiz bir holatda mudofaa vazirligi prezidentni sinçkovlik bilan aldaşda davom etmoqda. Şu sabab biz kuniga 60 ta «Leopard» yöq qilingani, duşmanning minglab askarlari öldirilgani haqida yolğonlar eşityapmiz», degan «Vagner» rahbari.
Prigojinning axborot xizmati murojaatning 30 daqiqadan iborat birinçi qisminigina e’lon qilgan. Bu vaqt davomida Prigojin doimgidek Şoygu va Gerasimovni haqorat qilgan.
Prigojinga köra, 2022 yil 24 fevralda Donbassda 2014 yildan farq qiladigan noodatiy heç narsa bölmagan, Ukraina tomonidan Rossiya mudofaa vazirligi aldagani kabi «dahşatli agressiya» bölmagan. Şuningdek, Ukraina NATO davlatlari bilan birga Rossiyaga hujum qilişni rejalaştirmagan. Prigojinning fikriça, Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina hujum tayyorlayapti deb jamoatçilikni va Putinni aldagan. U uruşni «maxsus harbiy amaliyot» deb istehzo bilan ta’riflagan va barçasi juda yomon reja bilan boşlanganini aytgan.
«Bir guruh ahmoqlar ular öquv maşğulot davomida nima qilişini heç kim bilmaydi, Kiyevda ularni heç kim töxtata olmaydi deb öylagan. Rossiya qöşinlarini heç kim töxtata olmagan bölardi, agar askarlar «qip yalanğoç» (yetarli qurolsiz) jangga yuborilmasa, yetarliça öq-dori berişsa», degan Putinning sobiq oşpazi.
Uning sözlariga köra, uruşning birinçi kunida Şoyguning xatosi sabab Rossiya armiyasining minglab eng yaxşi tayyorlangan harbiylari halok bölgan. 2022 yil mart oyi örtalariga kelib esa Rossiya vaziyatdan qanday çiqib ketişni bilmayotgan «qaltiroq çol»ga aylangan. Uning fikriça, uruş bir guruh hayvonlar maqtanişi va özini piar qilişi uçun boşlangan. Prigojinga köra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu uçun marşal darajasi va ikkinçi Rossiya Qahramoni ordeni tayyorlab qöyilgan bölgan. «Hammasi birgina ruhiy kasal odam tobutda yotganida oldidagi yostiqqa mana şu yulduzni qöyişlari uçun böldi», degan «Vagner» asosçisi.
Şuningdek, Prigojin uruş hozir amalda Rossiyani boşqarayotgan oligarxlar klani uçun ham kerak bölganini aytdi. Uning fikriça, özidan boşqa heç kimni öylamaydigan oligarxlar Viktor Medvedçukni Ukraina prezidenti qilmoqçi bölişgan.


















